AB

AB, abun — arabcha ota, padar soʻzining izofaga kirishmagan, noaniq va bosh kelishikdagi shakli. Uning izofaga kirishgan, aniq va bosh kelishikdagi shakli — Abu. 1. Arablar, shuningdek islom olamidagi boshqa xalqlar kunyalari tarkibiga kiruvchi soʻz. Mas, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va b. «Abu» bilan kelgan ism shaxsning otasi ekanligini, «ibn» bilan kelgan ism esa shaxsning oʻgʻli ekanligini bildiradi. «Abu» soʻzi turdosh ot maʼnosida ham ishlatiladi. Bunda u kunya boʻlmaydi. Mas, «Abunnazzora — «koʻzoynak otasi» (yaʼni koʻzoynak taqib yuradigan kishi). Baʼzan «Abu» soʻzi hayvonlar va jonsiz narsalarga nisbatan ham qoʻllaniladi. Mac, «Abu riyoh» — «shamol otasi» (yaʼni kaysi tomondan shamol esayotganligini koʻrsatuvchi temir parrak) (flyuger); «Abulyaqzon» — xoʻroz. Koʻpgina adabiy soʻz va atamalar qatori «Abu» soʻzi ham oʻzbek adabiy tilida 9—10 a. lardan boshlab turkiy soʻz va atamalar bilan yonma-yon, goh ularning oʻrnida qoʻllanila boshlangan. Mas, Alisher Navoiy quyidagi sheʼriy baytida «bobo» soʻzi oʻrnida arabcha «jadd» va «ota» soʻzi oʻrnida «ab» soʻzini qoʻllagan.

Degach abjad, boshigʻa uyrulurlar — Qamar birla quyosh, yaʼni jadu ab.

2. Qad. turkiy tilidagi koʻmakchilardan biri. Yozuvda ikkinchi harf «b» yozilsa ham, talaffuzda «p» aytiladi; «ap ezgu» («juda yaxshi»), «ap ak» («oppok») (Mahmud Koshgʻariy. Devonu lugʻotit turk, 1-j. T., 1960, 70-6.).

Prev Article

AAYYUN

Next Article

ABAD