ABAKAN

ABAKAN (1925—31 y. larda Xakassk) — shahar, Krasnoyarsk oʻlkasi tarkibidagi Xakasiya Respublikasining markazi, Abakan daryosi Yeniseyga quyiladigan joyga yaqin. T. y. st-yasi. Aholisi 158,2 ming kishi (1992). Yengil, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoati korxonalari, «Abakanvagonmash», «Legmash» z-dlari, pedagogika in-ti, 2 teatr bor. 1823-y. Ust-Abakanskoye qishlogʻi sifatida vujudga kelgan.

Prev Article

ABAY DASHTI

Next Article

ABAKAN TIZMASI