ABBOSIY

ABBOSIYkumush pulning bir misqolligi. 17 – a. da kumush pullarning ogʻirligi boʻyicha bir misqolga teng boʻlganini Abbosiy, yarim misqolga teng boʻlganini esa shohiy deb ataganlar. Balx bilan Movarounnaxrda asosan yarim misqollik kumush tangalar muomalada yurgan (q. Misqol). Bir misqollik kumush tanganing Abbosiy deb atalishi safaviylar sulolasidan Abbos I nomi bilan bogʻliq boʻlsa kerak.

Prev Article

ABBOS BURNI