ABDIROV Charjau Abdirovich

ABDIROV Charjau Abdirovich (1933.20.12, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoraoʻzak shaharchasi — 1997.3.7, Nukus) — mikrobiolog olim. Oʻzbekiston FA akad. (1989), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan ar-bobi (1979). Tibbiyot fanlari d-ri (1973). Toshkent tibbiyot in-tini bitirgach (1955), shu in-t mikrobiologiya kafedrasining assistenti (1958 — 61), Oʻzbekiston Respublikasi FA Qoraqalpogʻiston filialida katta ilmiy xodim (1961—69), Oʻzbekiston Teri-tanosil kasalliklari i. t. instituti Qoraqalpogʻiston filiali direktori (1969), Qoraqalpogʻiston Sogʻliqni saqlash vaziri (1969—76), Nukus davlat un-ti rektori (1976—85), Oʻzbekiston FA klinik va eksperimental tibbiyot i. t. institutida boʻlim mudiri va direktor (1985-97). Asosiy ilmiy ishlari mikrobiologiya va immunologiya masalalariga bagʻishlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati va Oliy Majlisning Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi raisi (1994—97).

Prev Article

ABDIDARUN MAJMUASI

Next Article

ABDOMEN