ABDUKARIMXOʻJA SULOLASI

ABDUKARIMXOʻJA SULOLASI — gʻijduvonlik qoʻgʻirchoqbozlar avlodi: 1) Abdukarimxoʻja (1800—1870) — surnaychi va qoʻgʻirchoqboz;

2) Siddiq kalon (1858—1940) — sozanda va maqomchi hofiz, qoʻgʻirchoqboz. Masxaraboz, qoʻgʻirchoqboz va nayrangbozlar toʻdasiga rahbarlik qilgan. Toʻdada Fayzi mextar, Shodi puchuq, Toʻxta nogʻorachi, Aziz muallaq, Hamro masxaraboz, Sayfiddin sherboz kabi sanʼatchilar ishlagan;

3) Xolmurod bobo Siddiqov (1891—1967) — qoʻgʻirchoqboz. U «Polvon Kachal», «Bichaxon», «Usmaxon» kabi qoʻgʻirchoklarini oʻynatib kelgan. Anʼanaviy koʻgʻirchoq teatrini hayotga yaqinlashtirishga, qoʻgʻirchoqlarning soʻzlari bilan harakatlarini uygʻunlashtirishga, tomoshalarning maroqli va taʼsirchan chiqishiga intilgan.

Prev Article

ABDUZOYIR SULOLASI

Next Article

ABDULAZIZXON