ABDULAVVAL Nishopuriy (?, Nishopur — 15-a. Samarqand) — tasavvuf olimi. Abdulavval «Masmuot» («Eshitilganlar») ki-tobi bilan mashhur. Bu asar naqshbandiylik tariqatining namoyandasi Xoʻzka Ahrorning sufiylik nuqtayi nazari, falsafiy qarashlariga bagʻishlangan tarjimayi holidir. Abdulavval Xoʻja Ahrorning yoshligidan boshlab 86 yoshgacha bosib oʻtgan sufiyona yoʻlini oʻsha davrdagi siyosiy, yuktimoiy ahvol b-n bogʻlab koʻrsatgan. Kitobda Mirzo Ulugʻbek davri voqealari ham oʻz ifodasini topgan. Bu asarning nodir 2 nusxasi bor. Abdurahmon faqih tomonidan kitobat qilingan nusxasi juda eski; ikkinchi nusxasi 1598-y. da koʻchirilgan. A. Samarqandda Xoʻja Ahror qabristoniga dafn etilgan.