ABDULJABBOR ibn ABDURRAHMON

ABDULJABBOR ibn ABDURRAHMON al-Azdiy (? — 759, Bagʻdod) — Arab xalifaligining Xurosondagi noibi (757—759). Xalifa al-Mansur (754—775) Abduljabbor ibn abdurrahmon A. ning oʻziga sodiqligidan shubhalanib, oʻgʻli Muhammad al-Maxdiyni uni hibsga olmoqqa joʻnatadi. Shunda Abduljabbor ibn abdurrahmon A. dan norozi Marvarrud sh. aholisi bosh koʻtaradida, uni tutib xalifaga topshiradi. Xalifa uni qattiq azoblab qatl etadi (759).

Prev Article

ABDULVADUD AHMAD

Next Article

ABDULKARIM