ABDULJABBOR — Sherdor madrasaning (Samarqand, 1619—36 y. larda qurilgan) meʼmori. Abduljabborning imzosi ulkan peshtoq ichidagi ravoqning tepasiga «Ustod mulla Abduljabbor meʼmor» deb oq koshinlarda terilgan. Ulkan peshtoq qanotida quyosh-odam va ohuni quvib ketayotgan sher tasvirlangan. Bu koshinkor tasvir meʼmorning katta sanʼatkor ekanidan dalolat beradi.