ABDULLA BULBUL

ABDULLA BULBUL Iso Hofiz oʻgʻli (? — 1916, Toshkent) — oʻzbek sozanda va xonandasi. Gʻijjak, dutor, tanbur kabi milliy cholgu asboblarida chalinadigan kuylarning mohir ijrochisi sifatida tanilib, xalq orasida «Bulbul» laqabini olgan. Xushxonligi va sozandaligi tufayli «Sozanda hofiz» nomi b-n ham tanilgan. Abdulla Bulbul zamonasining ilgor fikrli kuychisi. Navoiy, Fuzuliy, Furqat gʻazallarini xalq orasida kuylagan. «Bayot», «Segoh», «Chorgoh», «Ushshoq», «Shahnozi Gulyor» kabi maqom yoʻllarini Madumar Hofiz talqinidagi erkin («Yovvoyi») usuldan soz usuliga oʻtkazgan.

Prev Article

ABDULLA AVLONIY

Next Article

ABDULLA JIN