ABDULLA NURALI OʻGʻLI

ABDULLA NURALI OʻGʻLI (1874 – Kitob tumani Qaynar qishlogʻi — 1957) — baxshi-shoir. Oʻzbekiston xalq dostonchisi (1938). Yoshligidanoq choʻponlardan doʻmbira chertishni oʻrgangan. 19-a. 2 – yarmi va 20 – a. boshlarida yashagan Shaxrisabz dostonchilik maktabining yirik vakili Rajab shoirga shogird tushdi. Undan dostonchilik yoʻllarini oʻrgandi va 25 yoshida mustaqil dostonchi boʻlib yetishdi. 1937-y. da Moskvada oʻtkazilgan oʻzbek adabiyoti dekadasiga va 1938-y. da Toshkentda boʻlib oʻtgan xalq ijodchilari olimpiadasiga qatnashib, muvaffaqiyatga erishdi. «Alpomish», «Saydimxon», «Malika ayyor», «Avazxon», «Hilomon», «Qironxon», «Kuntugʻmish», «Yusuf bilan Ahmad» kabi xalq dostonlarini kuylagan, zamonaviy mavzularda termalar yaratgan. U qahramonlik dostonlarini shoʻx aytishi, kuylarining yoqimliligi b-n boshqa dostonchilardan ajralib turgan.

Prev Article

ABDULLA BULBUL

Next Article

ABDULLA ORIPOV