ABDULLAYEV Doʻstmurod (1950, Samarqand viloyati Paxtachi tumani Eshonqora qishlogʻi) — Oʻzbekiston Qahramoni (1999). Samarqand qishloq xoʻjaligi in-tini tamomlagan (1985). Paxtachi tumanidagi Roʻziqul Maxmanov nomli jamoa xoʻjaligida mexaniq uchastka agronomi boʻlib ishladi (1973—84). 1984-y. dan shu xoʻjalikda gʻallachilik brigadasi boshligʻi. Oʻzbekiston Respublikasining gʻalla mustaqilligini taʼminlash yulida gʻallachilikni rivojlantirishda ilgʻor texnologiyalarni qoʻllab, bugʻdoydan muntazam ravishda har gektardan barqaror 50—55 s hosil olishga erishdi.