ABDULLAYEV

ABDULLAYEV Rustam (1947.12.2, Xiva) — kompozitor. Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1997). Toshkent davlat konservatoriyasini tugatgan (1972). 1985-y. dan Toshkent konservatoriyasining oʻqituvchisi. OʻzR Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasining kotibi (1985-95), raisi (1995-y. dan). 4 opera — «Shodimulk» (1975), «Sadoqat» (O. Matchon, 1980), «Xiva ordeni» (E. Samandarov, 1985), «Kimlar zor, kimga xor» (M. Mirzo, 1994); «Quyoshga taʼzim» balet-oratoriyasi (Oʻ. Umarbekov, 1984); simfoniya (1975) va 3 simfonik poema (1968—70); fortepiano va orkestr uchun 5 ta konsert (1972—95), kamer-vokal, xor va b. asarlarning muallifi. Asarlari Oʻzbekiston va chet el konsert sahnalari (Rossiya, Ukraina, Shvetsiya, Tailand, Jan. Koreya va b.)da ijro etiladi.