ABDULLAYEV Oʻrinboy (1912. 18.4, Toʻrtkoʻl tumani) — 2-jahon urushi qatnashchisi, 2-Boltiqboʻyi fronti, 3-zarbdor armiyasi, 219-oʻqchi diviziyasi, 375-oʻqchi polkining 1-oʻqchi rotasi oʻqchisi. Latviyaning Ludze sh. atrofidagi jangda dushman qoʻshinlari chegarasini birinchi boʻlib yorib kirganligi uchun Qahramon unvoni berilgan (1945). Urushdan soʻng Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl tumaniga qaytib, chorvachilik sohasida mehnat qilgan.