ABDULLAYEV Joʻra Abdullayevich

ABDULLAYEV Joʻra Abdullayevich (1927, Toshkent) — energetik olim, Oʻzbekiston FA akad. (1989), texnika fanlari d-ri (1973), prof. (1982). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), Oʻrta Osiyo politexnika intini bitirgan (1953). Oʻzbekiston FA Energetika va avtomatika in-tida katta ilmiy xodim (1959 – 60), Oʻzbekiston energetika va avtomatika i. t. institutida lab. mudiri (1960—76), Toshkent elektrotexnika aloqa in-ti rektori (1971 — 92), shu in-tda maslahatchi (1996-y. dan). Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri (1992 — 94). Oʻzbekiston FA prezidenti vazifasini bajaruvchi (1994 — 96).

Asosiy ilmiy ishlari boshqarish tizimlarida axborotlarga tezkor ishlov berish va axborotlarni uzatish nazariyasi, koʻp boʻgʻinli tizimlarda xatolarni aniqlash va bartaraf kilish, koʻp boʻgʻinli elementlardagi raqamli kurilmalarning ishonchliligini taʼminlash, aloqada raqamli tizimlarni koʻllash masalalariga bagʻishlangan. Kosmonavtikaga doir ishlari ham bor.

Ad.: Joʻra Abdullayevich Abdullayev, Biobibliografiya, T., 1997.