ABDULLAYEV Rauf Abdullayevich (1922.5.5, Namangan viloyati Pop tumani) — terapevt, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968). tibbiyot fanlari d-ri (1958), prof. (1960). SamMI gospital terapiya kafedrasi assistenti (1943—45) va shu in-t direktori (1945 — 51), 1952-y. dan Toshkent vrachlar malakasini oshirish in-tining terapiya kafedrasida assistent, dotsent, kafedra mudiri (1961—92), 1992-y. dan 2-terapiya kafedrasida prof. maslahatchi. Ilmiy ishlari, asosan yurak-tomir va jigar kasalliklarining kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish va davolash masalalariga bagʻishlangan.