ABDULLAYEV Abdugʻani (1953.25.6, Fargʻona viloyati) — yogʻoch oʻymakori, Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi (1999). Usta Q. Haydarovning shogirdi. Ustozi bilan birgalikda Toshkentdagi «Fargʻona» choyxonasi, Xalqlar Doʻstligi saroyi, «Zarafshon» restoranidagi oʻymakori naqshli panjara, darvoza, eshik, namoyonlarni ishlagan. 1983-y. dan mustaqil ishlaydi. Ilk bor Olim Xoʻjayev nomidagi teatr (Guliston sh.) binosi uchun 20 dan ortiq oʻymakori eshik, darvoza, panjaralarni tayyorladi. Bir qator jamoat binolari, choyxonalar (Fargʻona, Isfara sh.), «Muborak» restorani (Toshkent), Qarshi teatri va b. binolari uchun noziq islimiy oʻyma naqshlar b-n bezatilgan ustun, eshik, darvoza, panjaralar yaratdi; Imom al-Buxoriy majmuasiaati yogʻoch oʻymakorligi ishlariga rahbarlik qilib, shogirdlari bilan birga sharafalar, hovuzaklar tayyorladi, ayvonlar shiftini vassajuft yopish, oʻymakori ustunlari yaratishda yuksak mahorati namoyon boʻldi (1998), Toshkentdagi «Xotira maydoni» (1999)dagi ayvonlarning oʻyma naqshli ustunlarini milliy meʼmorlik anʼanalari asosida yuksak mahorat bilan bezadi. 1973-y. dan xalqaro koʻrgazmalarda badiiy asarlari b-n qatnashadi.