ABDULLAYEVA Nasiba (1961.15.11, Samarqand) — oʻzbek xonandasi. Oʻzbekiston xalq artisti (1993). Samarqand musiqa studiyasini (1979), Toshkent davlat madaniyat in-tini (1989) tugatgan. Dastlab ijodini xalq qoʻshiqlaridan boshlagan. «Xorazm lazgasi», «Barigal», «Tanavor», shuning-dek sharq xalqlari qoʻshiqlari bilan tanildi. Lirik mayinlik, badiiy mahorat, teran mazmun, yoqimlilik va shiradorlik Abdullayeva ijodiga xos. Muhabbat haqidagi koʻshiklarni mahorat bilan ijro etadi. «Arzimni aytdim», «Jonim mening», «Yokasiz jonim», «Majnuntol», «Malak», «Aylanayin» va b. shular jumlasidan. Boshqa xalqlar qoʻshiklari ham Abdullayeva ijodida muhim oʻrin tutadi: «Sanada galmas», «Ayriliq» (ozarbayjon), «Ishq umidiman» (eron), «Roʻyalarda boʻlushursiz» (turk) va b. Bir kancha xorijiy mamlakatlarda gastrolda boʻlgan. Abdullayeva ijodiga bagʻishlab «Nasiba» telefilmi («Oʻzbektelefilm», 1989) ishlangan. «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).