ABDULLAXON

ABDULLAXON (17-a.) — Sharqiy Turkiston xoni (1638 —70). 1638-y. Yorkend taxtiga oʻtirgan. Abdullaxonning xonlik davri qirgʻiz va qalmoqlarga qarshi urushlar va oʻzaro nizolarni bostirish bilan oʻtgan. Oʻzaro kurash natijasida Abdullaxon yurtini tashlab, Makkaga ketishga majbur boʻlgan. Makkadan kaytishida Hindistonda vafot etgan.

Prev Article

ABDULLATIF

Next Article

ABDULLAXON MADRASASI