ABDULLOH ANSORIY MAQBARASI

ABDULLOH ANSORIY MAQBARASIHirot (Afgʻoniston) dagi meʼmoriy yodgorlik (1425—29) va mashhur ziyoratgoh. Haziramaqbara atrofi 30 hujra — xilxona bilan oʻralgan, oldida baland peshtoq. Hujralar gumbaz tomli, ularda asosan, temuriylar avlodi — Hirot hukmdorlarining qabrlari boʻlib, oq, qora marmar qabrtoshlar oʻrnatilgan. Ansoriy qabri ustiga keyinchalik Bobur oq marmardan yodgorlik (bal. 7,5 m) oʻrnattirgan (saqlanmagan). Xona bezagida sirlangan gʻisht, parchin va marmar, girih naqshlari ishlangan, kufiy uslubda xatlar bitilgan.

Prev Article

ABDULLO TERMIZIY

Next Article

ABDULLOH II BIN TALOL