ABDULVAHHOB MIRZO (? – 1860-70 y. lar, Kitob sh.) — buxorolik xattot. Arab va fors tillaridagi 100 ga yaqin qoʻlyozmani shikasta va nastaʼliq xatida koʻchirgan. Abdulvahhob mirzo koʻchirgan asarlardan baʼzilari (Jaloliddin Rumiyning masnaviylari va Nozim Hiraviyning «Yusuf va Zulayho»si) Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti qoʻlyozmalar fondida saqlanadi.