ABDUQODIR MUHANDIS

ABDUQODIR MUHANDIS, Abduqodir Boqiyev (1868—Samarqand — 1934) — xalq meʼmori, koshinsoz usta. Ab. M. 20 – y. largacha Ulugʻbek madrasasi ravoqining nuragan madohil gulli lavhalarini koshinlagan. Xizr masjidi, Yangi Madrasa, Qoʻshhovuz muazzinxonasi kabi binolarning koshinkorlik ishlarini bajargan. Keyinchalik Samarqand tarixiy obidalarini tiklash ishlariga boshchilik qilgan. 30 – y. larda Tillakori madrasasining koshinsozlik ishlarini olib borgan. U Buxorodagi Minorai kalon zahalarini havozasiz tuzatdi. Sankt-Peterburgdagi Duma binosi, Afgʻonistondagi Mozori Sharif va Oʻrta Osiyodagi koʻplab meʼmoriy yodgorliklarni tiklash ishlarida qatnashgan. Samarqand Registonida toshdan «Quyosh soati»ni qurgan.

Prev Article

ABDUXOLIQ GʻIJDUVONIY

Next Article

ABDUQODIR CHALDIVOR