ABDURAHMONOV Abdurazzoq (1874, Qoʻqon — 1938, Toshkent) — yogʻoch uymakori; otasi usta Abdurahmondan hunar oʻrgangan. Islimiy naqshlar ustasi sifatida shuhrat qozongan. U yogʻochga oʻygan naqshlar qoʻshimcha bezak (pardoz) larga boyligi bilan diqqatga sazovor. Abdurahmonov asosan meʼmorlikka oid oʻymakorlik sohasida ishlagan. 1934-y. da Toshkentdagi Xalq xoʻjaligi muzeyi (hoz. Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi)ning ikki tabaqali katta eshigini oʻyib naqshlagan. Koʻplab shogirdlar (jumladan, M. Qosimov va b.) tayyorlagan.