ABDURAHMONOV Abdujabbor (1907 — Toshkent—1977) — Oʻzbekiston XKS raisi (1938—50). Margʻilon, Fargʻona, Yangiyoʻl va Qoʻqon shaharlari, Buxoro viloyatida rahbarlik lavozimlarida ishlagan (1929—37). 1954—57 y. larda Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining oʻrinbosari va Oʻzbekiston SSR Davlat reja komissiyasining raisi. Vyetnamdagi elchixonada iqtisodiy masalalar yuzasidan maslahatchi (1960—64), Oʻzbekiston SSR Mahalliy sanoat vaziri (1966—70), Oʻzbekiston hukumatining SSSR Ministrlar Soveti huzuridagi doimiy vakili (1970 —77) lavozimlarida ishlagan. Abdurahmonov xotirasi abadiylashtirilib, Toshkentdagi politexnikum, koʻcha, Toshkent tumanidagi jamoa xoʻjaligi uning nomiga qoʻyilgan.