ADANA

ADANA, Sayhon — Turkiyaning jan. qismidagi shahar, Sayhon daryosi boʻyida. Adana eli (viloyati)ning maʼmuriy markazi. Aholisi 916 ming kishi (1990). Yirik savdo, sanoat markazi, t. y. stansiyasi, avtomobil yoʻllari tuguni. Un-t, toʻqimachilik, poyabzal, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati, yogʻochsozlik, sement korxonalari, yirik tegirmon va kushxonalar bor. Mamlakat-ing eng muhim q. x. (paxtachilik) r-nlaridan birining markazi.

Prev Article

ADAN

Next Article

ADAPAZARI