Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

ADENAUER

ADENAUER Konrad (1876.5.1, Kyoln — 1967.19.4, Bonn) — GFR davlat arbobi. 1917—33 y. larda Kyoln sh. ning oberburgomistri. 1920—32 y. larda Prussiya davlat kengashining raisi. «Markaz» katolik partiyasining arbobi. 1946-y. (dastlab, Angliyaning Ger-maniyadagi okkupatsiya zonasida, soʻngra butun Gʻarbiy Germaniyada) tuzilgan Xristian-demokratlar ittifoqi (XDI) partiyasining raisi, GFR kansleri (Bosh vaziri 1949—63; 1954—55 y. larda u Tashqi ishlar vaziri lavozimida ham boʻlgan). Adenauer 1954-y. Parij bitimlariga imzo chekib, GFRning NATO ga aʼzo qilib olinishiga erishdi. Adenauer nomida xalqaro jamgʻarma mavjud.

Prev Article

ADELI YERI

Next Article

ADENOVIRUSLAR