ADER — Sharqiy Antarktidadagi qoyadan iborat burun, Ader ya. o. da Viktoriya Yerining shim.-sharqiy chekkasi. 1841-y. da J. Ross boshliq ingliz ekspeditsiyasi topgan va doʻstining nomi bilan atagan. Ader yonida 1899-y. da K. Borxgrevin boshchiligidagi Britaniya ekspeditsiyasi Antarktida materigida qish-lab qolgan birinchi Keyp-Ader st-yasini barpo etdi. St-ya bir yil davomida faoliyat koʻrsatdi.