AERODINAMIK KUCH

AERODINAMIK KUCH — suyuklik (gaz)da harakat qilayotgan jism sirtiga taʼsir etuvchi kuch. Harakatdagi jism sirtining har bir unsuriga taʼsir etuvchi Aerodinamik kuchlarni bitta teng taʼsir etuvchi kuch bilan almashtirish mumkin (toʻla Aerodinamik kuch va bosh momentaerodinamik moment). A. k. ni uchta proyeksiyaga ajratish mumkin:

1) harakat yoʻnalishiga qarshi boʻlgan kuch — aerodinamik qarshilik X;

2) tezlik yoʻnalishiga perpendikulyar boʻlgan koʻtarish kuchi Y;

3) yon kuch — X va Kkuchlarga perpendikulyar kuch. Toʻla Aerodinamik kuch baʼ-zan toʻla aerodinamik qarshilik deb ataladi.

Prev Article

AEROGEOLOGIK SYOMKA

Next Article

AERODINAMIK QUVUR