AEROGEOLOGIK SYOMKA — foydali qazilmalarni qidirish usuli. Samolyot, yer sunʼiy yoʻldoshi yordamida yer yuzini suratga olish yoki uning tuzilishmni bevosita kuzatishga asoslangan. Aerogeologik syomka ishlari 3 davrga boʻlinadi: tayyorgarlik, dala ishlari va lab. ishlari. 1-davrda umumiy tayyorgarlikdan tashqari oʻrganilishi kerak boʻlgan joyning geologik syomkasi oʻtkaziladi, yer yuzasining tuzilishi, yer yuziga chiqib qolgan tub jinslar qatlami, ularning yotish sharoitlari, yer poʻstila sodir boʻlgan darzliklar oʻrni, intruziv va effuziv jinslarning tarqalishi hamda foydali qazilmalarning boryoʻqligi aniqlanadi, 2-davrda dala ishlari vaqtida yalpi aerovizual kuzatishlar va yer ustida geologik tekshirishlar oʻtkaziladi, 3-davrda dala ishlari vaqtida olingan barcha maʼlumotlar umumlashtirilib, geologik xarita tuziladi.