AEROLOGIK ASBOBLAR

AEROLOGIK ASBOBLAR — aerologiyada qoʻllaniladigan asbob-uskunalar. Havo bosimi, shamol tezligi, yoʻnalishi va h. k. ni oʻlchashda ishlatiladi. Muqim (statsionar) Aerologik asboblar yerga oʻrnatiladi, baʼzilari atm. ning tegishli qatlamlariga turli vositalar: vodorod yoki geliy toʻlgʻazilgan kauchuk sharlar, aerostatlar, stratostatlar, maxsus samolyotlar va geofizik raketalar yordamida atm. ga koʻtariladi. Yerga oʻrnatilgan Aerologik asboblar aerologik teodolit, radioteodolit, radiolokator koʻtarilgan Aerologik asboblardan kelayotgan axborotlarni qabul qiladi. Atm. ga koʻtarilgan Aerologik asboblar atm . da roʻy berayotgan hodisalarni bevosita qayd qiladi. Eng aniq, murakkab va ogʻir Aerologik asboblar —meteorograflar kuzatuvchi bilan birgalikda samolyotlarda, yengilroq Aerologik asboblar — avtomatik radiozondlar maxsus sharlar yordamida koʻtariladi (30—35 km gacha). I. t. maqsadlarida bulutning yuqori va pastki chegarasi, bulut tarkibidagi suv miqdori, ozon, turbulentlik, elektr potensial va b. larni oʻlchash zarur boʻlganda maxsus Aerologik asboblardan foydalaniladi.

Prev Article

AEROLIT

Next Article

AEROLOGIYA