AEROPORT

AEROPORT (aero… va port) — yoʻlovchilar, kj, pochtani havo transporta vositalarida muntazam tashishni taʼminlovchi binolar, inshootlar (aerodrom bilan birga) va jihozlar majmui. Xalqaro va mahalliy Aeroportga boʻlinadi. Aeroport tarkibiga aerovokzal, pochta boʻlimlari, yuk ortish-tushirish ishlarini mexanizatsiyalash jihozlari boʻlgan ombor, ustaxonalar, angar, moddiy-texnika jihozlari, yonilgʻi quyish vositalari va b. saqlanadigan omborlar kiradi. Aeroport radiolokatorlar, avtomatik radiotexnika vositalari, yorugʻlik signali tizimlari, navigatsiya qurilmalari va b. bilan jihozlangan boʻladi.

Prev Article

AEROPLAN

Next Article

AEROSTATIKA