AFINA

AFINA — Gretsiyaning poytaxti, Attika nomi (viloyati)ning maʼmuriy markazi. Afina mamlakatning jan.-sharqidagi Attika ya. o. da joylashgan, Egey dengizi sohilida, uch tomoni togʻ. Aholisi 772 ming kishi (1995). Afina Pirey va shahar atrofi bilan birga Katta Afinani tashkil qiladi. Katta Afinaning mayd. 433,3 km2. Aholisi 3 mln. kishidan ortiq. Afina qadimiy shahar. Shaharning vujudga kelgan vaqti aniq emas, rivoyatlarga koʻra A. oʻrnida mil. av. 16 — 13-a. larda qishloqlar boʻlgan. Mil. av. 5-a. da Afina iqtisodiy, siyosiy va madaniy rivojlanishining eng yuqori pogʻonasida boʻlgan. 395—1204-y. larda Vizantiya imperiyasi tarkibida. 1204 — 1458-y. lar Afina gersogligi poytaxti, 1458-y. dan turklar tasarrufiga oʻtgan. 1834-y. dan Gretsiya poytaxti.

Afina — Gretsiyaning asosiy sanoat markazi, mamlakatdagi t. y., avtomobil va havo yoʻllarining yirik tuguni. Xalqaro Elinikon aeroporti bor. A. dan 8 km narida mamlakatning eng yirik dengiz porti — Pirey joylashgan. Katta A. Gretsiya umumiy sanoat mahsulo-tining 2/3 qismini beradi. Afinada toʻqi-machilik, tikuvchilik, koʻn poyabzal, oziq-ovqat, kimyo, neftni qayta ishlash, sement, poligrafiya, metallsozlik va mashinasozlik (shu jumladan kemasozlik) sanoati korxonalari bor. Gilam, mebel, chinni buyumlar ishlab chiqariladi. Afina yirik savdo va moliya markazi. Afinada Fanlar akademiyasi (1926), koʻplab oliy oʻquv yurtlari, jumladan Afina un-ti (1837), bir qancha tarix, arxeologiya va badiiy muzey lar (Akropol, Agora, Vizantiya) bor. Shaharning asosiy qismi Akropol qoyasi bilan Likavittos balandliklari oʻrtasida boʻlib, yagona meʼmoriy reja asosida qurilgan. Shaharning eng qad. qismi mil. av. 7-a. da shakllangan. Shaharning Akropol atrofidagi qismi meʼmoriy va arxeologiya muzeyi sifatida saqlanmoqda. Afinada Afina davlatining tarixiy yodgorliklari bor. Afinaning asosiy yodgorligi — Akropol bal. 156 m li qoyada joylashgan; Agora, Areopag va Pniks tepaliklari — ij-timoiy va siyosiy hayot markazlari. Akropolning bosh inshootlari: Propilei (mil. av. 437—432-y. lar), Nike Apteros ibodatxonasi (mil. av. 420-y.), Erexteyon (mil. av. 421—406-y. lar). Afinada Olimpiya Zevsi ibodatxonasi (mil. av. 2-a — 2-a. milodiy), Lisikrat haykali (mil. av. 335-y. atrofida), «Shamollar minorasi» (mil. av. 1-a. oʻrtalari) va b. ham saqlangan. Oʻrta asr meʼmoriy yodgorliklaridan Ayos — Elefterios (11-a.), Agoradagi Ayi — Apostollar (11-a.) cherkovlari bor. Yangi inshootlardan — «Olimpiya» teatri (1951), «Xilton-otel» (1959— 63) qurilgan. Afinada 1896-y. I Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan.

Prev Article

AFIDOFAGLAR