AFRIKA

AFRIKAqitʼa. Kattaligi jihatidan Osiyodan keyin 2-oʻrinda. Mayd. 29,6 mln. km2, orollari bilan 30,3 mln. km2. Aholisi 720 mln. kishi (1995). Deyarli oʻrta qismidan ekvator chizigʻi oʻtgan. Shim. dan jan. ga tomon qariyb 8 ming km ga choʻzilgan. Shim. qismining eni 7500 km (Almadi boʻrnidan Xafun boʻrnigacha). Jan. qismining eni 3100 km. Shim. da Oʻrta dengiz, gʻarbda Atlantika okeani, sharqda Hind okeani va Qizil dengiz bilan oʻralgan. 120 km li Suvaysh boʻyni orqali Osiyo bilan tutashgan. Yevropadan Afrikani Gibraltar boʻgʻozi ajratib turadi (eng tor joyi 13 km). Afrikaga bir necha orollar kiradi: sharqsa Madagaskar, Zanjibar, Sokotra, Mafiya, Pemba, Komor, Maskaren, Amirant va Seyshel o. lari; gʻarbda Madeyra, Kanar, Yashil Burun o. lari; Gvineya qoʻltigʻida Pagalu, San-Tome, Prinsipi, Bioko va uzoqroqdagi Vozneseniye, Santa-Yelena, Tristanda-Kunya o. lari va b. Qirgʻoqlari uzilmali, kam parchalangan, koʻpincha togʻlardan iborat. Qirgʻoq yaqinida pasttekisliklar bor. Qoʻltiqlari keng va ochiq, eng yiriklari — Gvineya va Sidra (Katta Sirt). Kulay buxtalari kam. Eng yirik ya. o. — Somali.

Geologik tuzilishi va re-lye fi. Afrikaning koʻproq qismi kembriydan oldin burmalangan platformadan iborat boʻlib, ustini paleozoy, mezozoy va uchlamchi hamda toʻrtlamchi davr jinslari qoplab yotadi. Qad. kristall jinsli zamin Markaziy Sahroi Kabir, SyerraLeone, Sharqiy Sudan balandliklarida (anteklizalar), Kongo botigʻi atroflarida va ayniqsa, Sharqiy hamda Jan. Afrikada yer yuzasiga chiqib yotadi. Platformaning shim. qismida (Sahroi Kabir, Sudan) zamin juda chuqur joylashgan (Sahroi Kabir — Arabiston platosi), jan. qismida keng maydonlarda esa yer yuzasiga chi-qib qolgan (Jan. Afrika qalqoni). Jan. va shim.-gʻarbda kembriydan oldingi platformaga zamini burmalangan platforma tuzilmalarining ayrim qismilari kelib qoʻshilgan. Bu tuzilmalar Kap togʻlarida va Atlas toglarining ichki r-nlarida yer yuzasiga chiqib qolgan. Alp burmalanishi davrida Afrikada Atlas togʻlarining shim. sohil boʻyi tizmalarigina koʻtarilgan. Kristall jinslardan iborat qad. peneplenlarning keng tarqalishi va choʻkindi jins krplamalarining kam burmalanganligi natijasida materik relyefi yassidir. Afrikada plato va togʻliklar koʻp. Ularni tektonik yoriqlar boʻlib-boʻlib yuborgan. Qirlar hamda platolar ustida qoldiq choʻqqilar va vulkan togʻlari koʻtarilib turadi. Afrikaning eng baland nuqtasi — Kilimanjaro togʻidagi Kibo choʻqqisi (5895 m). Afrika koʻp qismining dengiz sathidan bal. 1000 m dan oshmaydi. Olimlar Afrika quyi paleozoy burmalanishi davrida Jan. Amerika va Hindiston (Gondvana materigi) bilan quruqlik orqali birlashib turgan deb hisoblaydilar. Paleozoyda Sahroi Kabir — Arabiston platformasining ayrim qismlari dengizlar tagida krlgan. Afrikaning qolgan qismi relyefi uzoq, davr davomida yemirilib tekislangan. Geologik tuzilishi va turli iqlim zonalarida tashki omillarning relyefga turlicha taʼsir etishi natijasida materiqda bir qancha geomorfologik oblastlar paydo boʻlgan: 1. Oʻrtacha balandlikdagi Atlas burma toglari. 2. Sahroi Kabir. Qumli choʻllar Sahroi Kabirning 1/4—1/8 qismini egallaydi. 3. Sudan tekisliklari oʻlkasi. Bu yerda orol shaklidagi togʻlar koʻp. 4. Yuqori Gvineya balandligi. Uning gʻarbida kristall jinsli qoldiq togʻlar va sharqida asosan qumtoshli platolar uchraydi. 5. Kongo botigʻi. 6. Habashiston togʻligi. 7. Somali zinapoyali platosi. 8. Uzilmalar va grabenlar b-n oʻyilgan Sharqiy Afrika togʻligi. Bu toglikning baʼzi joylari lava bilan toʻlgan va vulqonlar koʻtarilib turadi. 9. Jan. Afrika Kalaxari botigini va uning atrofidagi balandliklarni hamda Kap togʻlarini oʻz ichiga oladi.

Foydali qazilmalari. Afrikada xilmaxil foydali qazilmalar bor. Bulardan koʻplari dunyodagi eng katta konlardir. Foydali qazilma konlari turli geologik davrlar yotqiziklarida uchraydi. Afrikaning asosiy mineral boyliklari kembriydan oldin va kembriy davrida hosil boʻlgan. Marganes rudalari, boksit, oltin, qalay, niobiy va asbest konlari kembriydan oldingi jinslar tarkibida uchraydi. JAR, Svazilend va Zimbabveda xrizotil-asbest konlari, JARda surma va korund konlari, dunyodagi uran aralash eng boy oltin konlari, Zimbabveda xromit va oltin konlari, Gvineyada boksit konlari, Ganada marganes rudasi, boksit va oltin konlari, Kongoda kumush, Nigeriyada kumush va kolumbit, Madagaskar o. da grafit bor. Markaziy Afrikaning mis mintaqasi kembriy davrida hosil boʻlgan jinslar orasida Zambiyada koʻp uchraydi. Bu yerda mis bilan birgalikda kobalt, uran, rux, Nami-biyada vanadiy, berilliy va litiy konlari, Marokashda kobalt va polimetall konlari bor. Jan. Afrikadagi kumush, xromit, marganes, temir rudalari, titanmagnetit va flyuorit konlari quyi paleozoyda hosil boʻlgan. JAR va Kongo Demokratik Respublikasidagi tub olmos, JAR va Zimbabvedagi kumir konlari, Sahroi Kabirning Jazoirga qarashli qismidagi neft konlari, Misrdagi marganes konlari mezozoy (yura va boʻr davrlari)da hosil boʻlgan. Atlantika sohilidan Misrgacha choʻzilgan keng maydonda fosforit, Marokashda marganes rudasi, Marokash, Jazoir va Tunisda temir, qoʻrgʻoshin, rux konlari mavjud.

Iqlimi. Ekvator chizigʻi materikni teng ikki qismga boʻlib turganidan Afrikaning ekvatordan shim. va jan. tomondagi qismlari bir xil iqlim mintaqalariga ega: ekvator iqlimi zonasidan keyin ekvator musson iqlimi, tropik va subtropik iqlim zonalari keladi. Ekvatordan shim. va jan. tomonda yil fasllari bir-biriga teskaridir, yaʼni shim. da yoz boʻlganida jan. da qish boʻladi va aksincha, Jan. yarim sharda yezda oylik oʻrtacha t-ra 30°dan ortiq boʻlganda, shim. qismida pasayib 10°, 25°ga tushadi. Yezda Afrikaning shim. yarmida oʻrtacha oylik t-ra 25°, 30° (Sahroi Kabirda), jan. yarmida esa 25°, eng jan. da 12° boʻladi. Afrika dagi Tripoli sh. (Liviya) yaqinida Yer yuzida eng yuqori t-ra (58°) qayd qilingan. Kongo botigʻi va Gvineya qoʻltigʻining shim. sohilida juda koʻp (yiliga 1500—2000 mm) yogʻin tushadi. Afrikada eng seryogʻin joy Debunja (Kamerun togʻi etagi)da, yiliga 9655 mm yogʻin tushadi. Yogʻin miqdori, Sudanda jan. dan shimolga tomon kamayib boradi. Qolgan r-nlarda ekvatorga hamda Hind okeaniga yaqinlashgan sari ortadi (200 mm dan 1500 mm gacha); Sahroi Kabirda, Kalaxarining jan.-gʻarbida va Namib choʻlida, iqlimni sovitib yuboradigan Bengela oqimi taʼsiri natijasida ahyon-ahyondagina bir oz yomgir (100—200 mm) yogʻadi. Afrikaning shim. va jan. chekkalarida yomgʻir qishda (yiliga 600—700 mm) yogʻadi.

Suvlari. Afrikada daryolarning geografik taqsimlanishi ham, sersuvligi ham turlicha. Atlantika okeaniga Kongo (Afrikadagi eng sersuv va uzunligi jihatidan ikkinchi oʻrindagi daryo — 4370 km), Niger, Oranj daryolari quyiladi. Hind okeaniga quyiladigan daryolardan eng kattasi Zambezi (2660 km). Oʻrta dengizga asosan Nil (A. dagi eng uzun daryo — 6671 km) kuyiladi. Afrika maydonining 1/3 qismidan koʻprogʻi ichki suv havzalaridir. Bu yerlarda sernam mavsumlardagina suv oqadi (Sah-roi Kabir, Kalaxari, Sharqiy Afrikaning bir qismi). Katta daryolar turli xil iqlimli oʻlkalardan oqib oʻtadi va rejimi juda murakkab. Daryo oʻzanlarida ostonalar va sharsharalar koʻp (Nil ostonalari, Zambezidagi Viktoriya sharsharasi, Kongodagi Stenli va Livingston sharsharalari). Adagi eng yirik koʻllar tektonik yoʻl b-n hosil boʻlgan: Sharqiy Afrikadagi Albert, Eduard, Kivu, Tanganika (chuq. 1435 m — chuqurligi jihatidan dunyoda Baykal koʻlidan keyin 2-oʻrinda), Nyasa, Rudolf koʻllari ana shulardandir. Adagi eng yirik koʻl — Viktoriya koʻli. Efiopiya togʻligida Tana koʻli bor, chala choʻl oʻlkalarida oqmaydigan shoʻr koʻl koʻp (Chad, Ngami).

Tuproq va oʻsimliklari. Afrikada tuproqoʻsimlik qoplami zona-zona boʻlib joylashgan. Gvineya qoʻltigʻining shim. sohili va Kongo botigʻi sernam boʻlganidan podzollashgan laterit tuproqlarda doim yashil sernam ekvatorial oʻrmonlar oʻsadi. Bu oʻrmonlar qalin, yarusli boʻlib, daraxt turlari nihoyatda koʻp, liana (chirmoviq) lar va epifitlarga boy. Yezda yogʻin yogʻadigan r-nlarda siyrak oʻrmonlar — savannalar (tropik oʻrmonli dashtlar), tikanli butazorlar uchraydi. Savannalarda gʻallagulli oʻtlar yilning quruq faslida qovjirab qoladi. Daraxtlar barg tashlaydi. Savannalarda daraxtlardan palma, baobab, akatsiya va b. lar oʻsadi. Savannalarda qizil va qizilqoʻngʻir tuproqlar, savanna oʻrmonlarida qizil-jigarrang toʻproqlar tarqalgan. Savannalarning ancha qismi haydab yuborilgan yoki yaylovga aylantirilgan. Chullarda (Sahroi Kabir, Namib) oʻsimlik siyrak, turlari kam. Sahroi Kabirda kserofitlar — yantoq, bargsiz retam butasi, lekanora lishaynigi, quruq oʻzanlar boʻylab yulgʻun, akatsiya oʻsadi, suv bor joylarda (vohalarda) xurmo ekiladi. Kalaxari choʻlining jan.-gʻarbida sukkulentlar, Namib choʻlida velvichiyalar oʻsadi. Afrikaning shim. subtropik yerlarida hamda jan. chekkalarida doim yashil butazorlar tipik oʻsimliklardir; togʻ yon bagʻirlari oʻrmonlar bilan qoplangan. Afrikada 40000 dan ortiq gulli oʻsimlik turlari bor. Afrikaning katta qismi Paleotropik oblastga kiradi. Sahroi Kabir va Afrikaning shimoliy sohili Golarktika oblasti tarkibidadir. Kitʼaningengjan.-gʻarbiy chekkasi Kap oblastini hosil qiladi.

Afrika hayvonot dunyosi boy va xilma-xil. Shim. Afrika va Sahroi Kabir Palearktika oblastiga kiradi. Bu yerlarda Jan. Yevropa hayvon turlari bilan birga Efiopiya zoogeografik oblasti turlari uchraydi. Afrikaning qolgan hududi Efiopiya oblastiga kiradi. Sirtlon, viverra, dumsiz maymunlar, quyon, tuvaloq (Atlas togʻlarida), mendasa va bubala jayranlari, oddiy gʻizol, fenek tulkisi va b. (Sahroi Kabirda), Jan. Yevropa hayvonlari, koʻzoynakli il on, daman, tuyaqush Efiopiya oblasti hayvonlaridir. Sahroi Kabirda bir oʻrkachli tuya boqiladi. Efiopiya oblasti qalin oʻrmonlarida maymunlar, fillar, buyvollar (suv sigiri), mitti suv aygʻirlari, qushlardan aksari oʻrmalab chiquvchilar (qizilishton, sassiqpopishak, kulrang toʻtiqush) uchraydi. Qoʻngʻiz, kapalaklar juda koʻp. Savanna, chala choʻl va choʻllarda oʻtxoʻr hayvonlar: jayranlar (40 ga yaqin turi bor), zebra, jirafa, karkidon, begemot, buyvol, fillar; yirtqichlardan arslon, qoplon, gepard, silovsin va sirtlonlar: hasharotlardan termitlar va setse pashshasi koʻp. Noyob hayvonlar qoʻriqlanadi.

Tabiat rayonlari. Afrika tabiiy sharoitiga koʻra quyidagi r-nlarga boʻlinadi: Shim. Afrika — ichki plato atrofini oʻrab olgan Atlas togʻlari oblasti; Sahroi Kabir — dunyoda eng katta tropik choʻl; Sudan — savannalar va siyrak oʻrmonlar oblasti; A. ning qolgan hududi geologik tuzilishi va relyefiga, iqlimi hamda tuproq-oʻsimlik qoplami xususiyatlariga kura Markaziy Afrika (Kongo botigʻi va uning atrofidagi balandliklar), Somali ya. o., Sharqiy Afrika va Jan. Afrikaga boʻlinadi.

Oʻrganilish tarixi. Shim. Afrika qirgʻoqlari mil. av. 2-a. dan boshlab misrliklarga maʼlum edi. Milodgacha boʻlgan 6-a. da materik qirgʻoqlari boʻylab finikiyaliklar suzib chiqqanlar. Milod boshlarida indoneziyaliklar Madagaskar o. ni kashf etib, uning sharqiy qirgʻoklarini egalladilar. Arablar oʻrta asrda Shim. Afrikani egallab boʻlgach, uning sharqiy qismiga borganlar.

Afrikaning gʻarbiy qirgʻoklari portugallarning Hindistonga boruvchi dengiz yoʻllarini qidirish vaqtlaridan maʼlum boʻlgan. 1443—44 y. larda N. Trishtan Mavritaniya qirgʻoqparini kashf etdi. Shu davrdan boshlab qul sotish ishlari boshlandi. 15-a. dagi B. Diash, Vasko da Gamalarning Afrikaga sayohatlari maʼlum. 16-a. da materik qiyofasi maʼlum boʻlgan edi. Materik ichki qismlarini 16—18-a. larda portugʻallar, in-gliz va fransuzlar oʻrgana boshladilar. 19-a. dan boshlab materik ichki r-nlari yanada mukammal oʻrganila boshladi (D. Livingston, G. Bart, J. Spik, G. M. Stenli, R. Kays va b. ekspeditsiyalari). Afrika tabiatini urganishda rus sayohatshunoslari — Ye. P. Kovalevskiy va V. V. Yunker xizmatlari bor.

Aholisi. Afrika — antropogenez markazlaridan biri. Bu haqda 20-a. ning 50—70y. laridagi topilmalar koʻrsatgan. Minglab yillar davomida Afrikada aholining turli etnik guruhlari tarkib topgan. Hoz. vaqnda Afrikada dunyo aholisining qariyb 1/10 qismi yashaydi. Ir-qiy tarkibi juda xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Negroidlarning turli tiplari Afrika hududida Sahroi Kabirdan jan. ga qarab tarqalgan. Jan. Afrikada bushmen va gottentot irq guruhlari mavjud. Shim. Ani yevropoidlarning jan. ga xos xalqlari egallagan. Negroid va yevropoidlarning qadimdan bir-birlari bilan aloqasi natijasida Efiopiya irq tiplari ham tashkil topgan. Madagaskar o. da mongoloidlar irqiga mansub aholi yashaydi.

Afrika aholisi juda koʻplab qabila va millatlardan tarkib topgan. Mustamlaka tuzumi aholi rivojlanishini toʻxtatib qoʻygan. Mustamlakachilikka qarshi kurash, davlat mustaqilligiga erishish, milliy ongning oʻsishi, madaniyat markazlarini tashkil etish — hammasi etnik birlashuvni tezlashishiga olib keldi. Buning natijasida Afrikada yangi xalq va millatlar tarkib topdi. Afrikaning koʻplab xalqlari hali yaxshi oʻrganilmagan.

Ada 4 ta lingvistik oila: afroosiyo, kongokordofan, nil-sahroi kabir va koysan til sinflari mavjud. Yevropoid irqiga taalluqli — ingliz, fransuz, ispan, italiya, portugal va b. xalqlar A aholisining 3% ni tashkil kiladi.

Afrikada aholining 42% musulmon, 22% xristian, 36% mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi.

Siyosiy boʻlinishi. Ikkinchi jahon urushidan keyin mustamlaka tuzumining yemirilib borishi va milliy ozodlik harakatlarining kuchayishi natijasida hoz. zamon A siyosiy xaritasi mutlaqo oʻzgarib ketgan. Avvalgi Yevropa davlatlari mustamlaka tizimida boʻlgan bir qancha davlatlar oʻz erkinligiga erishgan va oʻnlab yangi davlatlar tashkil topgan. Hoz. vaqtda Afrikada 53 ta davlat va Ispaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya mulki boʻlgan davlatlar joylashgan.