AFSHONA

AFSHONA, Afshina — Buxoro viloyati, Romitan tumanida joylashgan qad. qishloq. Narshaxiyning yozishicha, «Afshona mustahkam hisor va katta shahristonga ega boʻlib, bir qancha qishloqlar unga mansub boʻlgan, u yerda haftada bir kun bozor bulgan. Bu qishloqning ekin yerlari va biyobonlari Madrasa talabalariga vaqf qilingan. Kutayba ibn Muslim u joyda mayejidi jome bino qilgan… Bu yer duo qabul boʻladigan joy. Odamlar shahardan u joyga boradilar va uni tabarruk deb hisoblaydilar». Shunga koʻra A. sugʻdcha «duo tezroq mustajob boʻladigan muqaddas joy» maʼnosini anglatadi. Abu Ali ibn Sino shu qishloqda tugʻilgan. Bukj olim tavalludining 1000-yilligi Afshonada tantanali nishonlangan.

Prev Article

AFSHIN

Next Article

AFSHONA