AFSOR MUHAMMAD HOSHIM MIRZA

AFSOR MUHAMMAD HOSHIM MIRZA (1870, Sabzavor — 1940, Mashhad) — Eron shoiri, jamoat arbobi. Ilm-maʼrifatga chaqiruvchi axloqiy sheʼrlar yozgan. Uning 4000 bayt sheʼrdan iborat devoni bor. Eronda adolatsizlikka qarshi kurashgani uchun avval Mashhadga, soʻng Ashxobodga surgun qilingan. 1907 yda yana Mashhadga kaytgan.

Prev Article

AFSONAK

Next Article

AFSUN