AFSUN (arab. —maftun qilish, sehr, avrash) — voqealarning tabiiy jarayoniga moʻjizaviy taʼsir koʻrsatish xususiyatiga ega deb hisoblanadigan soʻzlar, iboralar yigʻindisi. Afsun qad. dinlarning, ayniqsa, sehrgarlikning ajralmas qismi boʻlgan. Afsunga baloni daf etish, yo baloga giriftor qilish, xastaliqdan shifo topish, omadga yor boʻlish va h. k. usuli deb qaralgan.