AGA

AGA, Amerika qurbaqasi, gov-qurbaqa (Bufo marinus) — suvda va quruqlikda yashovchilar sinfi — dumsizlar turkumiga mansub eng yirik qurbaqa. Tanasining uz. 25 sm dan ortiq, eni 12 sm ga yaqin. Terisi qoʻngʻir yoki kulrang tusda, qora dogʻlari bor, qorin tomoni oqish. Jan. va Markaziy Amerikada hamda Antil o. larida tarqalgan. Aga kunduzi pana joyda yashirinib yotadi, kechqurun va tunda ov qiladi. Hasharotlar, mollyuskalar, chuvalchanglar va ayrim mayda umurtqali hayvonlar bilan oziqlanadi.