AGALMATOLIT

AGALMATOLIT, qoliptosh (yun. agalma — bezak, haykal va lithos — tosh) — 1) pirofillit yoki talkning yashirin kristalli agregati;

2) kaolinit-dikkitning mayda tangachasimon agregatidan tuzilgan togʻ jinsi. Dikkit qatlamchalari aralashgan boʻladi. Rangi oq, oq-sargʻish, sargʻish-zangori. Pirofillit — agalmatolit, gidrotermal minerallar guruhiga kirib, koʻpincha kvarsitlar ichida uchraydi. Agalmatolitni ishlash oson boʻlganidan qadimdan har xil haykal, kuldon, qolip, mundshtuk va b. buyumlar yasaladi, shuningdek sanoatda oʻtga chidamli material sifatida, asbobsozlik va elektrotexnikada foydalaniladi. A. Oʻzbekistondagi Oqtosh, Chatqol va Qurama togʻlarida uchraydi.

Next Article

AGAMALAR