AGIIN BOTIGʻI — Ustyurt platosining markazidagi botiq. Borsakelmas botigʻining shim.-gʻarbida. Oʻrtacha bal. 85 — 95 m dan PO m gacha. Eng baland joyi 124 m. Shim. dan jan. ga 27 — 32 km, sharqdan gʻarbga 18 — 20 km ga choʻzilgan. Yer yuzasi bir oz kiya. Botiqning tubi sof shoʻrxokdan iborat. Relyefining balandroq joylari plato qrldiqlari, ular oraligʻidagi pastqamchiklar esa shoʻrxoklar bilan band. Doʻngliklarda qorasaksovul, pastqamliklarda sarisazan va shoxiloq oʻsadi.