AGRANULOTSITLAR (yun. a – inkor qoʻshimchasi va granulotsitlar) — sitoplazmasida maxsus donachalar saqlamaydigan oq qon tanachalari (leykotsitlar). Limfotsitlar va monotsitlarga boʻlinadi. Sogʻlom odam qonida limfotsitlar oq qon tanachalarining 20 – 30% ini, monotsitlar esa 6 — 8% ini tashkil qiladi (yana q. Monotsitlar, Limfotsitlar).