AGREGAT

AGREGAT (lot. aggrego — birlashtiraman, ulayman) — 1) texnikada mashina yoki mashinalar majmuining bir xillashtirilgan, yiriklashtirilgan uzeli; alohida vazifalarni mustaqil bajaradi, oʻzaro almashinuvchan boʻladi, mas, ichki yonuv dvigatellari, avtomobillarning oldingi va ketingi koʻpriklari, elektr dvigatellar, nasoslar va b. Baʼzan 2 va undan ortiq mashinalar majmui ham Agregat deb ataladi (q. Agregatlash); 2)petrografiya va mineralogiyada — togʻ jinslari tarkibidagi minerallar yigʻindisi. Donachalarining shakli va tarkibi boʻyicha xillarga hamda sementlangan, yumshoq, gʻovak, zich, sertuproq xillarga boʻlinadi.

Prev Article

AGRAXON YARIM OROLI

Next Article

AGREGATLASH