AGREGATLASH — oʻzaro almashinadigan bir xil agregatlardan mashinalar yoki mashinalar majmui tuzish usuli; turli ishlarga moʻljallangan mashinalar majmuini yaratishda keng qoʻllaniladi. Agregatlash atamasi mashinalarning baʼzi yordamchi elementlari (qismlari)ni ifodalash uchun ham qoʻllaniladi.