AGROBIZNES — bozor iqtisodiyotining q. x. ishlab chiqarishi va uning mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, sotish, saqlash, taqsimlash bilan bogʻliq sohasi. Bu atamani birinchi marta 1957-y. da amerikalik tadqiqotchilar (J. X. Devis, G. A. Goldberg va b.) qoʻllagan. Tarkibi, maqsadi jihatidan asosan agrosanoat majmuiga toʻgʻri keladi.