AHLI HAQ

AHLI HAQ (fors, arab. — «haqiqat kishilari») — Eron va unga qoʻshni mamlakatlarda tarqalgan shialarning yashirin jamoasi. Eronlik shialar Ahli haq tarafdorlarini «aliilohiylar» deb ataydilar. Bu jamoa taxm. 14-a. da vujudga kelgan. Gʻarbiy Eron va Sharqiy Turkiyaga, keyinchalik Afgʻoniston, Iroq, Suriya, Ozarbayjonning jan. ga yoyilgan. Ahli haq Ali azaldan ilohiy va u Odamatodan to Muhammad (sav)ga qadar boʻlgan paygʻambarlarda, shia imomlari va kelajak mahdiyda mujassamlanadi, deb hisoblaydilar. Ahli haq jannat va doʻzaxni inkor etib, jonning yangicha shaklga kirishiga ishonadilar. Ular darvishlarga oʻxshab jazavaga tushadilar. Hoz. vaqtda Ahli haq Turkiyada shialarning taxm. 90%ini, Afgʻonistonda 15%dan ortigʻini, Eronda 8%ga yaqinini tashkil qiladi.

Prev Article

AHL ul-KITOB

Next Article

AHMAD