AHMEDOV Soli (1907.15.7, Fargʻona viloyati Beshariq qishlogʻi) — aktyor va rej. Oʻzbekiston xalq artisti (1964). Fargʻona teatri tashkilotchilaridan. Fargʻona xotin-qizlar klubida tuzilgan yarim professional truppada rej. (1929). Fargʻona teatrida aktyor va rej. (1931-46, bosh rej. 1955-67), Qoʻqon teatrining bosh rej. i (1946—55). Qah-ramonlarning ichki dunyosi, xattiharakati va kechinmalarini ishonarli ifodalash Ahmedov ijodiga xos. Asosiy rollari: Gʻulom («Nomus va muhabbat»), Rustam («Rustam»), Gʻofir («Boy ila xizmatchi»), Mavlon («Shohi soʻzana»), Majididdin («Alisher Navoiy»), general Rahimov («General Rahimov») va b. Sahnalashtirgan asosiy spektakllari: «Farhod va Shirin» (Xurshid), «Maysaraning ishi», «Xolisxon», «Boy ila xizmatchi» (Hamza), «Hamza», «Muqimiy» (S. Abdulla) va b.