AJAMIY ibn Abubakr (12-a. 20-y. lari, Naxichevan — 13-a. boshi) — ozarbayjon meʼmori. Naxichevan meʼmorlik maktabi vakili. Ajamiy Yusuf ibn Qusayr maqbarasini (1161—62), Muʼmina xotun (Atobak) maqbarasini (1186), Naxichevandagi peshtoqlar bilan tutashtirilgan minoralarni qurgan. Ajamiyning qurgan binolari mukammal qismlari mustaqil hal etilgan, bezaklari jozibali, Ajamiy binolari oʻrta asr Ozarbayjon meʼmorchiligida hamda Yaqin Sharq mamlakatlari meʼmorligi tarixida koʻzga koʻringan obidalardan boʻlib, shu xildagi binolar meʼmorligining rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatgan.