AJINATEPA

AJINATEPAbudda ibodatxonasi xarobasi saqlangan tepalik (6—8-a. lar). Qoʻrgʻontepa sh. (Tojikiston Respublikasi)dan 12,5 km sharqda. Tojikiston arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan qazib oʻrganilgan (1961—69). Ibodatxona va monastirdan iborat 2 qismli inshoot (100×50) topilgan. Qazishmalar davrida besh yuzdan oshiq sanʼat yodgorliklari — haykallar, naqshlar, devoriy rasmlar va ularning parchalari topilgan. Buddaning oʻlim toʻshagida yotgan 12 m li haykali va sovgʻa keltirayotganlarning devoriy rasmlari muhim tarixiy ahamiyatga ega.

Ad.: Litvinskiy B. A., Zeymal T. I., Adjina-Tepe, M., 1971.

Prev Article

AJIN

Next Article

AJIOTAJ