AKATSIYA

AKATSIYA — burchokdoshlar oilasiga mansub daraxt va butalar:

1) chin A. (Acacia) — mimozadoshlar kenja oilasiga mansub daraxt. 500 ga yaqin turi bor.

Koʻproq Avstraliya (250 dan ortiqroq turi), qisman Afrika va Arabiston ya. o. ida tarqalgan. Keyingi vaqtda Akatsiyaning baʼzi turlari boshqa joylar (Qora dengiz sohillari)da ham iqlimlashtirilgan. Chin Akatsiya mayda patsimon bargli, toʻpgullari erta bahorda ochiladigan boʻlgani uchun xushmanzara oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Senegal, Efiopiya va Arabiston Akatsiya laridan aqoqiyo, koʻpchilik chin Akatsiya turlarining poʻstlogʻidan oshlovchi moddalar olinadi; baʼzi chin Akatsiya turlarining mevasi va yogʻochida ham oshlovchi va yelim moddalar bor; yogʻochi mebel ishlab chiqarishda foydalaniladi;

2) oq Akatsiya yoki soxta A. (Robinia pseudoacacia) — kapalakguldoshlar kenja oilasiga mansub daraxt (q. Os akatsiya);

3) sariq A. (Caragana arborescens) — buta tarzida oʻsadi (q. Qaragʻay).

Prev Article

AKARIFAGLAR

Next Article

AKASHAK