AKRILONITRIL, rangsiz suyuqlik. Suyuqlanish t-rasi 83°, qaynash t-rasi 77,3°. Organik erituvchilarning koʻpchiligida eriydi. Suv bilan 70,5— 70,7° da qaynaydigan azeotrop aralashma hosil qiladi. Akrilonitrilni saklahda uning polimerlanish va yonuvchanlik xossalarini eʼtiborga olish kerak. Sanoatda sianid kislota va atsetilendan katalizator ishtirokida olinadi. Yuqori molekulyar moddalar olishda ishlatiladi.