AKTIV CHOʻKMALAR — radioaktiv yemirilish yoki yadro reaksiyasi natijasida tezlashgan radioaktiv atomlardan vujudga kelib, gaz fazasidan kat-tik, jismlar sirtiga oʻtirib qolgan zarrachalar toʻplami. Ularni tadqiq etish yuli b-n zarralar qanday radioaktiv moddadan chiqqan bulsa, shular miqdorini aniqlash va oʻrganish mumkin, buni Aktiv choʻkmalar usuli deyiladi. Undan atm. ning radioaktiv zarralar bilan ifloslanganligini bilishda va qisqa vaqn barqaror boʻlib, radioaktiv zar-ralarga parchalanadigan izotoplarni oʻrganishda foydalaniladi. Radioaktiv izotoplar olishda ham ishlatiladi.