AKTIV

AKTIV (lot. activus — faol, taʼsirchan, ishchan) — 1) buxgalteriya balansining chap qismi, korxonaning muayyan sanada va pul ifodasida barcha vositalarini, ularning tarkibi va joylashuvini (asosiy fondlar, aylanma vositalar, pul vositalari, kapital sarflar, qarzdorlik talabnomalari va b.) aks ettiradi;

2) korxona yoki tashkilotning mulki yoki resurslari (bino, mashina, nakd pul, qimmatbaho qogʻozlar va b.). Pulga tez sotilishi (aylanishi) mumkin boʻlgan, bozori chaqqon Aktiv (veksellar, qimmatbaho qogʻozlar, oltin, nakd pul va b.) likvid Aktiv deyiladi.

Prev Article

AKTYORLAR UYI

Next Article

AKTIVATSION TAHLIL